Turkiyaga arabcha azonni qaytarganlarning Hukumatdan ag‘darilganiga 64 yil to‘ldi

Olam

image
Turkiyaga arabcha azonni qaytargan Bosh vazirning osilganiga 60 yil to‘ldi north_east

Turkiyaga arabcha azonni qaytargan Bosh vazirning osilganiga 60 yil to‘ldi

Turkiya o‘z qurgan Hukumat 22 yil davomida bir necha bor davlat to‘ntarishlariga urinishlarga duch kelganini, biroq so‘zida sobit turib, Turkiyani terrorchilar qo‘liga bermaslik uchun harakat qilib kelayotganini aytdi. U bu haqda bugun, 27 may kuni Istanbul yaqinidagi Demokratiya va mustaqillik orolida bo‘lib o‘tgan “Turkiya yuz yili Konstitutsiyasi – Fuqarolik konstitutsiyasi” simpoziumidagi nutqida so‘z ochdi. 

Ma’lumki, 1960 yilning 27 may kuni Turkiya Qurolli kuchlari va boshqa kuch ishlatar tuzilmalarga o‘rnashib olgan xiyonatkor harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirib, prezident Jalol Bayar, bosh vazir Andan Menderes va Demokratlar partiyasi qurgan hukumatni ag‘dardi. Prezident, bosh vazir va partiyaning boshqa faollari ushbu orolga olib kelinib, qamaldi, sud qilindi. 1961 yilning sentyabriga kelib, bosh vazir Adnan Menderes sud qarorisiz qatl qilinadi, prezident Jalol Bayar umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi. 

Prezident Erdo‘g‘an, marhum Adnan Menderes va uning do‘stlari hokimiyatda bo‘lgan 10 yil davomida Turkiyaga katta xizmatlar qilganliklarini va ulkan ishlarga erishganliklarini ta’kidladi. 

Erdo‘g‘an Adnan Menderes va do‘stlari Turkiya masjidlariga arabcha azonni qaytarganidan tortib, imom-xatib maktablari ochilishigacha bo‘lgan har bir sohada katta ishlarni amalga oshirganliklarini ifoda etdi. 

“Menderes va “Demokratlar” partiyasining millat va davlatni yaqinlashtiradigan siyosati, bu mamlakatni o‘z mulki deb bilgan imtiyozli ozchilikni bezovta qildi. Ushbu buzuqlik 1956 yildan beri o‘zini namoyon qila boshladi”, deydi Prezident.

U so‘zida davom etarkan, “Buyuk hujum” deb nomlangan targ‘ibot urushi orqali “Demokratlar” partiyasi va Menderes dushmanga va nafrat ob’ektiga aylantirilganini aytdi.

Uning bildirishicha, davlat to‘ntarishiga bir kunda qaror qilinmagan va bugun Demokratiya va mustaqillik oroli nomini olgan o‘sha vaqtdagi Yassi orol bejiz qamoqxona va sudlar o‘tkaziladigan manzil sifatida tanlanmagan. Spektakldek tashkil etilgan sudda olingan qarorlar, chiqarilgan hukmlar ham tasodif yoki adolat namunasi emas. 

“Bu joy to‘ntarish tashabbuskorlari va 27 may rejimining yetakchilari tomonidan maxsus tanlangan. Yassi orolning kompasi millat va demokratiya bilan uyg‘unlashgan fuqarolik siyosati uchun ilhom manbai bo‘lishi orzu qilingan edi”, deydi Prezident.

Erdo‘g‘anga ko‘ra, bu orolda nafaqat Menderes va uning hamrohlari Turkiya demokratiyasi va millat ishonchi ham sudga tortilgan.  

“Menderes va uning do‘stlari timsolida avval sudlanib, keyin qatl etilgan millatning o‘z ixtiyori erkinligidir. “Bo‘ldi, so‘z millatniki” deyish va uning haqiqiy egasi bo‘lgan millatga kuch va hokimiyatni berishning badalini shu yerda, shu orolda, marhum Menderes va uning do‘stlari to‘lashdi.  

Menderes va uning ikki do‘stini garchi hech qanday dalil bo‘lmasa ham osdilar. Go‘yo xalqni masxara qilgandek, 27 may to‘ntarishini yillar davomida “Ozodlik va Konstitutsiya kuni” deb nishonlashdi va uni nishonlashga majbur qilishdi. Ular bu yerni dahshatga, xayolga, fuqarolik va demokratik siyosat uchun saboqqa aylantirishni maqsad qilgandilar”, deydi Prezident.

Erdo‘g‘an Turkiya siyosati uzoq yillar davomida notinchlik, beqarorlik va o‘ziga ishonchsizlik girdobidan qutula olmaganini, 27 mayning qora soyasi har 10 yilda bir marta takrorlangan to‘ntarishlar bilan milliy irodani quvg‘in qilganini bildirdi.

“Ochig‘ini aytsam, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi (Erdo‘g‘an rahbarligidagi partiya – tahr.) hokimiyatda bo‘lgan 22 yil davomida 27 may rejasini ko‘p marta sahnalashtirishga harakat qilindi. Biz Turkiya siyosiy tarixida eng ko‘p to‘ntarish tashabbusiga duchor bo‘lgan hukumatmiz.

Biz hujumlar qarshisida hech qachon ortga qadam tashlamadik. Millatning pok irodasiga dog‘ tushirmadik. Mamlakatimizni ko‘cha voqealari bilan aralashtirib bo‘lmasligini, siyosatni terror tashkilotlari bilan tuzib bo‘lmasligini, siyosatda operatsiyalarni sud jarayoni va ayblov xulosalari bilan amalga oshirib bo‘lmasligini ichkarida va tashqarida vasiylikka ishtiyoqmandlarning barchasiga yaqqol ko‘rsatdik. Milliy irodani tanklar, miltiqlar yoki samolyotlar bilan tortib olib bo‘lmasligini isbotladik”, deydi Turkiya rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Adnan Menderes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing