Turkiyadan O‘zbekistonga kelgan 37 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
02 aprel 2020
29715Dunyo bo‘yicha koronavirus COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgan 951 901 nafarni tashkil etmoqda. Virusdan bugungacha 48 284 kishi vafot etdi, 202 342 kishi sog‘aydi. O‘zbekistondagi so‘nggi ma’lumotlar esa ushbu virusni yuqtirib olganlar 190 nafar ekanini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumki, mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu virus 11 mart kuni Fransiyaning Parij shahridan qaytgan ayolda aniqlanganini ochiqladi. Keyinroq Turkiya va BAAdan qaytganlarda ham ushbu virus aniqlangani aytildi. Biroq, chet eldan ushbu infeksiyani yuqtirib kelish faqat yuqoridagi uch mamlakat bilan bog‘liq emas.
O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan 190 nafar bemorning 72 nafari kasallikni chet eldan yuqtirib kelgan. Xo‘sh, bu qaysi mamlakatlar? O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ushbu ma’lumotlarni ochiqladi.
Unga ko‘ra:
- Fransiyadan kelgan 1 kishida;
- Turkiyadan kelgan 37 kishida;
- Angliyadan kelgan 3 kishida;
- Saudiya Arabistonidan kelgan 1 kishida;
- Rossiyadan kelgan 26 kishida;
- Qirg‘izistondan kelgan 2 kishida;
- BAAdan kelgan 1 kishida;
- Shveysariyadan kelgan 1 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat esa quyidagicha:
- Fransiya – 57 780 bemor – 4 032 o‘lim – 11 055 sog‘ayganlik;
- Turkiya – 15 679 bemor – 277 o‘lim – 333 sog‘ayganlik;
- Angliya – 29 872 bemor – 2 352 o‘lim – 179 sog‘ayganlik;
- Saudiya Arabistoni – 1 720 bemor – 16 o‘lim – 264 sog‘ayganlik;
- Rossiya – 3 548 bemor – 30 o‘lim – 235 sog‘ayganlik;
- Qirg‘iziston – 116 bemor – o‘lim yo‘q – 5 sog‘ayganlik;
- BAA – 814 bemor –8 o‘lim – 61 sog‘ayganlik;
- Shveysariya – 18 117 bemor – 505 o‘lim – 4 013 sog‘ayganlik holati qayd etilgan.
O‘zbekistonda esa koronavirus chalingan bemorlardan 12 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi