Turkiyadan O‘zbekistonga qariyb 12,5 tonna insonparvarlik yordami keldi
Jamiyat
−
01 avgust 2020
6303Kecha, 31 iyul kuni Turkiyadan O‘zbekistonga COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashda ishlatiladigan himoyalovchi tibbiyot materiallaridan iborat yordam yuki yetib keldi.
Qariyb 12,5 tonnalik insonparvarlik yordami 50 000 dona N-95 niqob, 200 000 jarrohlik niqobi, 40 000 dona kombinezon, 5 000 dona yuzni to‘liq to‘suvchi niqob va COVID-19 ni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalaridan iborat.
Yuklarni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari qabul qilib oldi. Qayd etish joiz, Turkiya O‘zbekistonga shu yil may oyida ham insonparvarlik yordami jo‘natgan edi. Unda 50 dona sun’iy nafas oldirish jihozlari yuborilgandi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta O‘zbekistonga turkiyalik mutaxassislar guruhi koronavirusga qarshi kurashda maslahatchi sifatida kelgan edi.
LiveBarchasi