Turkiyadan Italiyaga ketayotgan kema halokatga uchrashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi 

Olam

image

Gretsiyaning Ion dengizidagi Antikitera oroli yaqinida kema halokatga uchrashi oqibatida 11 nafar muhojir halok bo‘ldi.  Bu haqda Gretsiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati bayonotiga tayanib xabar berilgan. 

Joriy yilning 24 dekabr kuni orol yaqinida muhojirlar bo‘lgan yelkanli kema halokatga uchragach, migrantlar 112 tez yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, bortda taxminan 100 nafar odam borligini aytgan va yordam so‘ragan. Muhojirlarni olib ketayotgan yelkanli kema Turkiya qirg‘oqlaridan Italiyaga yo‘l olgani aytilmoqda. Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergov davom etmoqda. 

Ta’kidlanishicha, sohil xavfsizlik xizmati 90 nafar muhojirni qutqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya kema

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing