Turkiyadagi YTHda yana bir o‘zbekistonlik jarohatlangan. Uning ahvoli og‘ir

Jamiyat

image

Avvalroq, Turkiyaning Istanbul shahrida ro‘y bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi 24 yashar Ozod Rajabboyevich Rajabboyev vafot etgani haqida xabar bergan edik. Voqealikdan xabardor bo‘lgan Shahzod To‘xtaboyev QALAMPIR.UZ bilan bog‘landi va qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etdi. 

Uning ma’lum qilishicha, YTH 4 iyun kuni oqshom vaqtida Turkiyaning Istanbul shahri Uskyudar tumanida joylashgan E5-trassasida  sodir bo‘lgan. Taksi mototsiklda ketayotgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 1994 yil 15 avgustida Samarqand viloyatida tug‘ilgan Ozod Ravshanovich Rajabboyev va 1996 yil 7 avgustida Samarqand viloyatida tug‘ilgan Davlatjon Olimovich Inoyatullayevni urib yuborishi oqibatida og‘ir jarohat olgan holda Turkiyaning “Haydarpasa Numune Hastanesi” tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 

Jabrlanuvchi Davlatjon Inoyatullayev ayni vaqtda og‘ir ahvolda shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqda. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan axborot bu haqda miq etilmagan. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hech qanday ma’lumot bermagani aniqlandi.

QALAMPIR.UZ bilan bog‘langan Shahzod To‘xtaboyev YTHga oid suratlarni ham taqdim etdi.  
 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Turkiya

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing