Turkiyadagi YeCHL finalida muxlisdan Ukraina bayrog‘i tortib olindi (video)

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasi final bahsi yakunlangach, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik xodimi “Otaturk” stadioniga kelgan muxlislardan birining qo‘lidan Ukraina bayrog‘ini tortib olishga uringani aks etgan video tarqaldi. Bugun, 15 iyun kuni UEFA vakili holat bo‘yicha izoh berdi. 

“Stadion xavfsizligi mahalliy tashkilotchilar va mahalliy politsiya nazorati ostida edi. Bayroqni tortib olish tashabbusi mahalliy xavfsizlik xodimidan chiqqan. Holat bo‘yicha Turkiya politsiyasi boshlig‘i xabar topgan va shu zahotiyoq xodim darhol bayroqni muxlisga qaytargan. UEFA Ukraina bayroqlarini stadionlarda ko‘rsatishni taqiqlamaydi”, deydi tashkilot vakili.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Chempionlar ligasi final uchrashuvida “Manchester Siti” “Inter”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida birinchi marta musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi. “Shaharliklar”ning o‘yindagi yagona golini 68-daqiqada Rodri kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi UEFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing