Turkiyadagi neft quvurida kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
19 yanvar 2022 7902 1 daqiqa
Bugun, 19 yanvar kuni tunda Turkiya janubi-sharqidagi Kaxramanmarash shahridagi neft quvurida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daily Sabah” xabar qildi.
Quvurlarga javobgar Botas kompaniyasiga ko‘ra, portlash Turkiya va Iroqni bog‘lovchi Kirkuk-Jayhun neft quvurida yuz bergan.
Shu sababli neft quvuri ishi to‘xtatilgan. Portlashdan so‘ng yong‘in sodir bo‘ldi va u gaz quvuri yonidagi Kaxramanmarash — Gaziantep avtomobil yo‘liga ham o‘tgan.
Portlash sababi hozircha noma’lum. Qurbonlar haqida ma’lumot tushmagan.
970 kilometrlik quvur Iroqning Kirkukidan Turkiyaning Jayhan port shahriga neft yetkazib berish uchun ishlatiladi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust