Turkiyadagi mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in tufayli ikki amaldor hibsga olindi
Olam
−
23 yanvar
1894Turkiyaning Bolu viloyati hududidagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida joylashgan mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida Bolu shahri merining o‘rinbosari va Yong‘in xavfsizligi xizmati rahbari o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda Turkiya Adliya vaziri Yilmaz Tunch X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov doirasida Bolu shahar hokimi o‘rinbosari, Bolu O‘t o‘chirish boshqarmasi direktor o‘rinbosari, mehmonxona egasi, kompaniya bosh direktori va mehmonxona direktori bo‘lgan 11 kishi qo‘lga olingan. Tunchning aniqlik kiritishicha, ekspert komissiyasida yetti nafar mutaxassis bor.
Ma’lumot uchun, 21 yanvarga o‘tar kechasi Bolu viloyatidagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada kuchli yong‘in sodir bo‘lgandi. Bino tog‘da joylashgani o‘t o‘chiruvchilarning ishini qiyinlashtirgan. Ta’kidlanishicha, u yerda signal ishlamagan, shuning uchun mehmonlar yong‘in haqida oxirigacha bilmagan, keyin esa tashqariga chiqa olmay qolgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 79 kishiga yetgan.
LiveBarchasi