Turkiyadagi kuchli shamol qurbonlari ortdi 

Olam

image

Istanbul va Turkiya shimoli-g‘arbidagi bir qancha viloyatlarda bo‘ron qurbonlari soni 6 nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy hukumat xabar berdi.  

Bungacha Istanbulda to‘rt kishi halok bo‘lgani va 38 kishi jabrlangani haqida xabar berilgandi.  

Kojaeli viloyati ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, vayronalar qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi jarohatlangan. Zonguldak viloyatida ham bir kishining o‘limi qayd etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli shamol esgandi. Shu tufayli Bosfor bo‘g‘ozida kemalar harakati to‘xtatilgandi. Shuningdek, Turkish Airlines’ning bir necha samolyotlari Istanbulga qo‘na olmay, Anqara va Izmirga jo‘natilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya bo'ron

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing