Adliya vaziriga axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi tayinlandi
O‘zbekiston
−
22 Oktyabr 2019 11658 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziriga axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi tayinlandi.
Vazirlikning Axborot xizmati boshlig‘i Sevara Qo‘chqoraliyevna O‘rinboyeva vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va o‘zining avvalgi lavozimini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Avvalroq, Favqulodda vaziyatlar vaziriga axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr