Turkiyada zilziladan keyingi qidiruv ishlari yakunlandi

Olam

image

Turkiyaning Izmir viloyatida zilziladan keyingi qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi. Bu haqda "Sabah" gazetasi xabar bermoqda. 

Gazetaning yozishicha, qidiruv vayron bo‘lgan 17 ta uyning barchasida to‘xtatilgan. Tez kunlarda texnika qoldiqlarini demontaj qilish ishlari boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, 30 oktyabr kuni Egey dengizidagi zilzila tufayli Turkiyaning g‘arbiy qismidagi Izmir viloyatidagi uylar vayron bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila kuchi 6,6 ball bo‘lgan.

Izmirda 41 ta bino butunlay vayron bo‘lgan va jiddiy zarar ko‘rgan. 1041 ta bino qisman zarar ko‘rgan. 114 kishi halok bo‘lgan. Zilzila ta’sirida kichik sunami hosil bo‘lgan. Zilzila kuchi Turkiyaning boshqa shaharlarida, xususan, Istanbulda ham sezilgan.

Samosdagi Neon-Karlovasi shahrida cherkov qulab tushgan. Orolning boshqa binolari ham jiddiy zarar ko‘rgan. 

Zilzila kuchi Afinada ham sezilgan. Samosda ikki kishi halok bo‘lgan va 20 kishi jarohat olgan. U yerda olti oy muddatga favqulodda holat e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila turkiya izmir

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing