Turkiyada zilzilada qulagan uylarni qurishga aloqador 7 kishi qamoqqa olindi

Olam

image

Avvalroq, Izmir prokuraturasi Turkiya g‘arbida yuz bergan kuchli zilzilada qulab tushgan uylar qurilishiga aloqador 9 kishini hibsga olgani haqida xabar bergan edik. 

Kecha, 5 noyabr kuni Turkiyadagi zilzila oqibatida vayron bo‘lgan uylar qurilishida aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olinganlarning yetti nafari sud qarori bilan qamoqqa olindi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi. 

Hibsga olinganlar qurilish paytida beparvo bo‘lganlikda gumon qilinmoqda. Ushbu beparvolik esa 100 dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘ldi.

Qayd etilishicha, hibsga olingan yetti kishidan tashqari yana ikki gumonlanuvchi bor. Ular sud nazoratiga olingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 oktyabr kuni Egey dengizida zilzila kuzatildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila kuchi 7,0 ball bo‘lgan.

Zilzila oqibatida Izmirda 41 ta bino butunlay vayron bo‘lgan va jiddiy zarar ko‘rgan. 1041 ta bino qisman zarar ko‘rgan. 114 kishi halok bo‘lgan. Zilzila kichik sunami hosil qilgan. Zilzila kuchi Turkiyaning boshqa shaharlarida, xususan, Istanbulda ham sezilgan.

Samosdagi Neon-Karlovasi shahrida cherkov qulab tushgan. Orolning boshqa binolari ham jiddiy zarar ko‘rgan. 

Zilzila kuchi Afinada ham sezilgan. Samosda ikki kishi halok bo‘lgan va 20 kishi jarohat olgan. U yerda olti oy muddatga favqulodda holat e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila turkiya

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing