Turkiyada zilzilada qulagan ko‘p qavatli uyning pudratchisi qochib ketmoqchi bo‘ldi
Olam
−
10 fevral 2023 23047 1 daqiqa
Turkiyaning Hatay viloyatidagi zilzilada vayron bo‘lgan “Rönesans Rezidans” turar-joy majmuasining pudratchisi xorijga ketmoqchi bo‘lgan paytda Istanbul aeroportida qo‘lga olindi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.
Unga ko‘ra, “Rönesans Rezidans” turar joyining pudratchisi Mehmet Yashar Koshkun o‘zi bilan katta miqdorda pullarni olib, chet elga qochishga uringan.
“Gaziosmanpasa Bosh prokuraturasiga ko‘ra, Hatayda “Rönesans Rezidans” qurilishining pudratchisi deb taxmin qilingan gumonlanuvchi Mehmet Yashar Koshkun haqida xabarnoma olingan, gumonlanuvchi Istanbul ayeroportiga chet yelga pul bilan qochish uchun kelgan. Biroq gumonlanuvchi qo‘lga tushib, Qorabog‘dan chiqib ketishining oldi olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 qavatli “Rönesans Rezidans” qarorgohi 250 xonadondan iborat bo‘lib, 2013-yilda Xatay tumanidagi Antakya bulvarida qad rostlagan. Bino Kahramonmarashdagi 7,7 magnitudali zilzila oqibatida vayron bo‘lgan. Inshoot zilzila paytida hovuz joylashgan hudud tomon ag‘darilib, ko‘chadagi boshqa binoga zarar yetkazgani ko‘rindi.
Taxminlarga ko‘ra, 1000 ga yaqin odam yashagan qarorgohda ko‘p odamlar vayronalar ostida qolgan. Mintaqada qidiruv-qutqaruv guruhlari o‘z ishlarini davom yettirmoqda.
Live
Barchasi