Turkiyada zilzila qurbonlari soni 1014 nafarga yetdi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning markaziy qismida sodir bo‘lgan 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 1014 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar milliy boshqarmasi rahbari Yunus Sezer xabar berdi.

“Biz 2824 ta binoning vayron bo‘lgani haqida ma’lumot oldik. 1014 nafar fuqaromiz halok bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq zilzila oqibatida 912 kishi qurbon bo‘lib, 5385 kishi jarohatlangandi.

Dunyoning bir qancha davlatlari – Gretsiya, Ukraina, Rossiya, Belgiya, Italiya, Isroil kabi davlatlar Turkiyaga yordam jo‘natishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston ham kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natishini e’lon qildi. O‘zbekiston FVVga ko‘ra, 7 fevral kuni Turkiyaga 60 nafar qutqaruvchilar hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila qurbon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing