Turkiyada zilzila qurbonlari 24 nafarga yetdi. Erdo‘g‘an tabiiy ofatga munosabat bildirdi
Olam
−
31 Oktabr 2020
5345Turkiya g‘arbidagi Izmir viloyatida yuz bergan vayronkor zilzila qurbonlari soni 24 nafarga yetdi. Jabrlanganlar soni 804 nafargacha ko‘paydi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Sog‘liqni saqlash ilmiy kengashi yig‘ilishida Izmirdagi zilzilaga munosabat bildirib o‘tdi. U 17 ta binoda qidiruv ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
Erdo‘g‘an zilzilada halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bilidirib, jarohatlanganlarning tezroq tuzalishini tilagan.
“5 vatandoshimiz operatsiyada,8 nafari reanimatsiyada. Davlat, vazirlar barcha imkoniyatlari bilan zilzilada vayronalar ostida qolganlarni qutqarish va hodisadan dahshatga tushgan odamlarimizga yordam berish uchun harakatga tushgan. Vazirlar vaziyatni muvofiqlashtirish uchun darhol hodisa joyiga uchdi”, degan Erdo‘g‘an.
Uning aytishicha, Ijtimoiy yordam va birdamlik fondiga kerakli moddiy yordam o‘tkazib berilgan.
“Maqsadimiz, yaralarimizni tezlik bilan davolashdir. Bu orada Qatar davlat rahbari bilan telefonda gaplashdik, ular har qanday yordamni berishga tayyorligini aytdi. Ularga rahmat aytdik. Gretsi Bosh vaziri Mitsotakis ham qo‘ng‘iro qildi. Bu zilziladan Yunoniston ham zarar ko‘rdi. Ammo u bilan gaplashganimizda ularda qurbon yo‘q edi. Ular ham yordam kerak bo‘lsa, tayyormiz deyishdi. biz ham ularga yordam kerak bo‘lsa tayyorligimizni aytdik. Yana Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham hamdardlik bildirdi”, dedi Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Rajab Toyib Erdo‘g‘anga o‘z hamdardligini bildirdi. AQSH Turkiya va Gretsiyaga zilzila oqibatlarini bartaraf qilishda har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Ma’lumot uchun, kecha Izmirda 6,6 balli zilzila yuz berdi. Hodisa natijasida Izmir viloyatidagi shaharlarda binolar quladi.
LiveBarchasi