Turkiyada zilzila qurbonlari 13 mingga yaqinlashdi

Olam

image

Turkiya janubi-sharqidagi zilzila qurbonlari soni 12 873 kishiga yetdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar departamenti (AFAD) xabar berdi.

“Qurbonlar 12 873 kishi. 62 937 nafar fuqarolarimiz tan jarohati oldi”, deyiladi xabarda. 

Joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishlari, keyin 300 ga yaqin yerosti silkinishlari mamlakatning 10 viloyatida, shuningdek, qo‘shni davlatlar, jumladan Suriyada ham sezilgan. Suriya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Arab Respublikasida 1,2 mingdan ortiq kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan, qurbonlar soni 2 mingdan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing