Turkiyada jasadi gilam orasidan topilgan ayol O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan
Olam
−
17 iyun 2019
5604Avvalroq, Turkiyaning Istanbul shahrida gilamga o‘ralgan ayol jasadi topilgani haqida xabar bergan edik. Uning yonidagi sumkada 3 nafar O‘zbekiston fuqarosiga tegishli hujjatlar bo‘lgan.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda olib borilgan tekshiruvlardan so‘ng ayolning shaxsi aniqlangan. Marhuma 1992 yil 31 dekabr kuni tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi O.N. bo‘lib chiqqan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tergov ishlari davom ettirilyapti.
LiveBarchasi