Turkiyada yong‘inlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan kurortlar ma’lum bo‘ldi (foto)

Olam

image

Bodrum va Marmaris kurortlari Turkiyadagi yong‘inlardan eng ko‘p zarar ko‘rdi. Bu haqda “Turprom” saytida xabar berilgan.  

“O‘tgan hafta davomida Turkiyada 32 ta shaharda 137 ta yong‘in sodir bo‘ldi. Yirik yong‘inlar quyidagi sayyohlik markazlarida bronlarni bekor qilishga olib keldi: Antaliya viloyatida Manavgat, Gyundog‘mush va Demre, Mug‘la viloyatida Bodrum, Ko‘ycheg‘iz, Marmaris, Fethiye va Milas”, deyilgan tashkilot xabarida. 

Ma’lum bo‘lishicha, Turkiyaga borishdan bosh tortgan odamlar Qora dengiz kurortlarini tanlagan. 

Turizm sohasi mutaxassislarining fikricha, kelajakda yong‘in hali ham davom etayotgan Marmarisda bekor qilish ishlari 80 foizga yetadi. 

“Sayyoh mehmonxonaga kelmaydi, u tabiat uchun keladi: yashil landshaft va moviy dengiz. Hech kim ta’tilni mehmonxonaning to‘rt devorida o‘tkazishni xohlamaydi”, degan Egey dengizi sayyohlik korxonalari va turar joylari ittifoqi prezidenti Mehmet Ishler. 

Avvalroq, Turkiyada so‘nggi kunlarda 200 ga yaqin o‘rmon yong‘inlari o‘chirilgani yoki nazoratga olingani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Bodrum Marmaris

Baholaganlar

204

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing