Turkiyada yana zilzila bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning Hatay viloyatida yana zilzila qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib, “Son dakika” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Turkiyaning Hatay viloyatida kecha 5 mart kuni  soat 10:15 da 4,0 magnitudali zilzila qayd etilgan. Zilzila 6.04 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgani aniqlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shahar markazida sezilgan zilziladan hech qanday zarar yetmagan.

Ma’lumot uchun, Turkiyaning Qandilli rasadxonasi va  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi zilzila va boshqa tabiiy ofatlar haqidagi xabarlarni berib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida va Qirg‘izistonda zilzila bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing