Turkiyada yana falokat. Samolyot qo‘nish vaqtida bo‘linib ketdi (video)

Olam

Kecha, 5 fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Sabiha Gyokchen aeroportiga qo‘nish vaqtida bortida 177 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. 

Pegasus Airlines aviakompaniyasining Izmirdan Istanbulga reys bajargan Boeing 738 samolyoti qo‘nish vaqtida aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lakchasida to‘xtay olmay, undan 60-70 metrga chiqib ketgan va 40 metrlik jarlikdan pastga qulab, uchga bo‘linib, yonib ketgan.

Istanbul gubernatori Ali Erlikayaning so‘zlariga ko‘ra, samolyot bortida 177 yo‘lovchi va ekipajning 6 a’zosi bo‘lgan. Hodisada 3 kishi halok bo‘lgan, 179 kishi turli darajada jarohatlangan.

Dastlabki taxminga ko‘ra, falokatga samolyotning qo‘nishi vaqtidagi kuchli shamol sabab bo‘lgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida yuz bergan voqeadan keyin aeroportda parvozlar vaqtinchalik to‘xtatilgan. Hoziracha 40 ga yaqin samolyot boshqa aeroportga yuborilgan.

Avvalroq, Turkiyaning Van-Bog‘chasaroy magistral yo‘lida ikki marta qor ko‘chkisi yuz bergani oqibatida 33 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul aviahalokat

Baholaganlar

309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing