Turkiyada yana 7 balli kuchli zilzila bo‘lishi bashorat qilindi

Olam

image

Seysmolog olimlar Turkiyaning Istanbul shahri va Marmara dengizi mintaqasida 7 va undan yuqori balli kuchli zilzila sodir bo‘lishini bashorat qilmoqda. Bu haqda Istanbul shahar meriyasining zilzilalar bo‘yicha olimlar Kengashi a’zosi Haluk Eyido‘g‘anga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, agar Marmara dengizida tektonik harakatlar faollashsa, kuchli zilzila sodir bo‘ladi. 2030 yilgacha bunday zilzila sodir bo‘lish ehtimoli taxminan 50 foizni tashkil etadi. 

“Bu xulosa mintaqadagi 2000 yillik zilzilalar tarixini o‘rganish, geofizik va seysmik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish asosida qilingan”, deydi Haluk Eyido‘g‘an.

Mutaxassisga ko‘ra, bunday tahdidlarni keng ommaga e’lon qilishdan maqsad ularni tahlikaga solish emas, balki odamlar bunday falokatga tayyor turishi va rasmiylar kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish uchun oldindan zarur choralarni ko‘rish kerakligini eslatish hisoblanadi. 

“Marmara dengizi mintaqasida yuz berishi mumkin bo‘lgan zilzila bir vaqtning o‘zida 25 milliondan ortiq aholiga ega 7 ta viloyatga ta’sir qiladi. Qanchalik katta zarar yetkazilishini tasavvur qilish qiyin”, deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,7 va 7,6 magnitudali kuchli zilzilalar sodir bo‘lgan edi. So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘y bergan zilzila qurbonlar soni 50 mingdan oshgan. Shuningdek, mamlakatning Atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi 763 000 ta binoga zarar yetgani, kamida 41 791 bino jiddiy shikastlangan yoki vayron bo‘lgani haqida ma’lumot bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made