Turkiyada vaziyat jiddiy. Erdo‘g‘an keksalardan uydan chiqmaslikni so‘rayapti

Olam

image

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat Turkiyada ham keskin tus olib bormoqda. Mamlakatda ushbu xastalikka chalingan ilk bemor joriy yilning 10 mart kuni aniqlangan bo‘lsa, bugunga kelib bemorlar 2433 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 59 nafari xastalikni ortda qoldirgan. 26 nafari vafot etgan.

Mamlakatda vaziyat tobora jiddiy tus olmoqda. Aviaqatnovlar, avtomobil, temir yo‘l, dengiz transporti orqali chegaralardan o‘tish to‘xtatilgan. Maktab va tashkilotlar yopilgan. Kecha, 25 mart oqshomida mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an xalqqa murojaat qildi. Davlat rahbari o‘z murojaatida keksalarning uydan tashqariga chiqmasligi kerakligini alohida urg‘uladi. 

“Ma’lumki, ushbu virus surunkali kasalligi bo‘lgan odamlarda va qariyalarda ko‘proq halokatli oqibatlarga olib kelmoqda. 

Keksalarimizga koronavirus infeksiyasi yuqishining oldini olishning yagona usuli o‘zimizni ixtiyoriy ravishda karatinga olish, ya’ni majbur bo‘lmagunimizcha uydan tashqariga chiqmaslikdir”, deydi Erdo‘g‘an.

QALAMPIR.UZ to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada mamlakat aholisining 7,5 millionini yoki 9,1 foizini 65 yoshdan oshganlar tashkil etmoqda. Turkiya Prezidenti keksalarni uyda o‘tirishga chaqirarkan, ular kasallikni boshqalarga yuqtirishlaridan emas, balki o‘zlariga yuqtirib olishlaridan qo‘rqishini, keksalar, nuroniylar mamlakat aholisi boshidagi toj ekanini va ularni asrab-avaylash burchiligini aytadi. 

“Aslida koronavirusga chalinib, vafot etgan barcha bemorlarimizda boshqa surunkali xastaliklar bo‘lgan. Shuning uchun, ayniqsa keksalarimiz ham o‘zlari, ham boshqa kishilar salomatligi uchun bu vaziyatda mutlaqo tashqariga chiqmay, uyda o‘tirishlari shartdir. 

Keksa nuroniylarimizga nisbatan bunday yo‘l tutishimizning sababi ular ushbu virusni boshqalarga yuqtirishlari bilan emas, balki o‘zlari virusni yuqtirib olishlari bilan bog‘liq. Biz oqsoqollarimizga ozor yetkazadigan kichik hurmatsizlikni ham qabul qilolmaymiz”, deydi Prezident Erdo‘g‘an. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 mart kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorda ham koronavirusning 65 yoshdan yuqori bo‘lgan kishilar yuqish va og‘ir kechishi bilan bog‘liq holatlarni va boshqa mamlakatlardagi tajribani inobatga olgan holda fuqarolarining sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida zarur bo‘lmagan hollarda, ayniqsa, 65 yoshdan yuqori va surunkali kasali bor bo‘lgan fuqarolarning uyidan tashqariga chiqmasliklari va ko‘chaga chiqqanda – shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo‘lishlari belgilangan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an koronavirus

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing