Turkiyada vaziyat og‘ir. Kunlik antirekord yangilandi
Olam
−
09 aprel 2021 10974 1 daqiqa
Turkiyada kecha, 8 aprel kuni 55,9 mingta yangi koronavirus holati aniqlandi. Bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Qayd etilishicha, kasallik alomatlari bo‘lgan bemorlar soni 2,3 ming kishini tashkil etgan.
Shuningdek, o‘tgan kun davomida 37,9 mingdan ziyod kishi to‘liq sog‘ayib ketgan, 258 kishi vafot etgan.
Umuman olganda, Turkiyada pandemiya paytida koronavirus infeksiyasining 3,6 milliondan ortiq holatlari qayd etilgan, 33,2 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘tgan hafta koronavirusga nisbatan cheklovlarni kuchaytirish, shu jumladan, yuqori xavfli hududlarda hafta oxiridagi komendantlik soati tiklanishi va boshqa choralar haqida e’lon qilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025