Turkiyada vayronalar ostida qolgan taniqli futbolchining holati bo‘yicha ma’lumot berildi
Sport
−
07 fevral 2023
27673Turkiyaning “Hatayspor” klubi bosh murabbiyi Mustafo Ozat, jamoa futbolchisi Kristian Atsu Turkiyadagi zilzilalardan keyin vayronalar ostidan topilganini aytdi. Bu haqda “Radyogol” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, sportchi tabiiy ofatdan keyin binolarning qulashi natijasida jarohat olgan.
“Kristian Atsu yaralangan holda topildi. Sport direktorimiz Taner Savut, afsuski, hanuz vayronalar ostida. ”, deydi Mustafo Ozat.
Qayd etilishicha, jarohat olgan Atsu zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Kristian Atsu 1992 yilda Ganada tug‘ilgan.
Kristian Yevropada “Chelsi”, “Nyukasl”, “Everton” va boshqa bir qator klublarda to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7,4 (ba’zi manbalarda 7,9) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 3281 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, yana 20 426 kishi esa jarohatlangan.
LiveBarchasi