Erdo‘g‘an emlash bo‘yicha muhim yangilikni e’lon qildi. Turkiyada vaziyat barqarorlashdi

Olam

image

1 iyulga kelib Turkiyada koronavirusga qarshi ishlatilgan vaksinalar soni 50 milliondan oshdi. Bu haqda mamlakat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi. 

"Vaksinalar pandemiyaga qarshi kurashda eng samarali qurol hisoblanadi. 1 iyul holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 50 milliondan ortiq vaksina ishlatilgan”, deb yozadi davlat rahbari. 

Shuningdek, Prezident Turkiyada tez orada ishlab chiqarilishi kutilayotgan turk-xitoy qo‘shma vaksinasi – TURKOVAC koronavirusga qarshi kurashda yanada samarali bo‘lishiga umid qilmoqda. 

“Kuchli sog‘liqni saqlash tizimi, tibbiyot xodimlarining qat’iyati va fuqarolarning sezgirligi Turkiyaga tez orada kerakli maqsadga erishishga imkon beradi”, deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

1 iyul holatiga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar 5 million 430 ming 940 kishini tashkil etmoqda. Bemorlarning 49 ming 774 nafari vafot etgan. 

Ichki ishlar vazirligi mamlakat uzoq davom etgan kuchaytarilgan karantindan so‘ng joriy yilning 27 iyunidan e’tiboran an’anaviy hayot tarziga qaytilganini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

•    ko‘chaga chiqish cheklovi;

•    shaharlararo sayohat;

•    jamoat transportida belgilangan miqdorda yo‘lovchi tashish;

•    sunnat to‘yi, unashtiruv va qiz bazmi kabi tadbirlarni o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi. 

Qolaversa, qahvaxonalarda qarta va narda o‘ynashga, to‘ylarni istalgancha mehmon bilan o‘tkazishga ruxsat berildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing