Turkiyada o‘zbekistonliklarning aroqdan zaharlanishi ortidan 2 turkmanistonlik ushlandi
Olam
−
08:47
3294Turkiyaning Istanbul shahrida qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Olingan ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutka ichida Istanbul shahrida jami 38 kishi soxta spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlangan. Kasalxonaga murojaat qilganlarning 11 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Politsiya voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshladi.
Ma’lum bo‘lishicha, shifoxonaga murojaat qilganlarning 26 nafari xorijliklardir.
Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, 2 nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Hozirga vaqtga ko‘ra qalbaki spirtli ichimliklar oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari soni 6 nafarga yetgan. Ulardan 5 erkak va 1 nafar ayolni kishini tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahrida bir kunda 5 nafar O‘zbakiston fuqarosi qalbaki alkogoldan zaharlanib, vafot etgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar