Turkiyada o‘zbekistonlik yirik avtofiribgar ushlandi

3-sahifa

image

Bugun, 3 avgust kuni Turkiyada yirik avtofiribgarlikda ayblangan Jahongir Xasanboyev ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, u Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilda Istanbul shahrida qo‘lga olingan. 2014 yildan buyon avtomobil oldi-sotdisi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 45 yoshli Xasanboyev  Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi.

 “Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi.  Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol xalqaro qidiruvga bergan o‘zbekistonlik Qirg‘izistonda ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya o'zbekistonlik avtofiribgar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made