Turkiyada o‘zbekistonlik ayol odam savdosidan qutqarildi (video)

3-sahifa

image

Turkiyaga uy xizmatchisi bo‘lib ishlashga borgan o‘zbekistonlik ayolni N.A. ismli boshqa ayol nomaqbul maqsadlarda sotishga urindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 14 aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi internet orqali N.A. ismli ayol bilan aloqa o‘rnatib, uning taklifi bilan Turkiyada ish topish umidida Istanbulga yo‘lga chiqqan. Jabrlanuvchiga turk oilasida uy xizmatchisi bo‘lib ishlash taklif etilgan. Biroq Istanbulga yetib borgach, N.A. uni Shonliurfa shahriga olib borib, u yerda mahalliy jinoiy guruhlarga nomaqbul maqsadlarda sotishga uringan.

Bosh konsulxonaga ijtimoiy tarmoqdagi faol blogerlar tomonidan mazkur holat bo‘yicha ma’lumot tushgan. Vakolatxona tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ayolning xavfsiz tarzda Istanbulga yetkazilishi va O‘zbekistonga qaytarilishi ta’minlangan.

“Bosh konsulxona yana bir bor yurtdoshlarimizni begona vositachilar orqali chet elga chiqmaslik, har qanday ish taklifini puxta o‘rganish va faqat rasmiy manbalar orqali ish izlashga chaqiradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan va fohishalikka majburlanib, murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘smir qiz O‘zbekistonga qaytarilgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik Turkiya Shonliurfa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing