Turkiyada uch kunlik motam e’lon qilindi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G‘azo sektoridagi shifoxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining X dagi sahifasida ma’lum qildi.

Davlat rahbarining farmoniga ko‘ra, motam joriy yilning 19-21 oktyabr kunlari davom etadi.

“Biz Turkiyada falastinlik birodarlarimiz boshdan kechirgan og‘ir og‘riqni qalbimizdan his qilamiz. Mamlakatimizda aksariyati bolalar va begunoh fuqarolar bo‘lgan minglab shahidlarga hurmatimiz belgisi sifatida uch kunlik milliy motam e’lon qilindi”, deb yozgan Erdo‘g‘an X dagi sahifasida.

Farmon matnida keltirilishicha,  uch kunlik motam davrida Turkiya bo‘ylab barcha hukumat binolarida davlat bayroqlari yarim hilpiratiladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 17 oktyabr kuni tunda G‘azo sektoridagi baptistlar shifoxonasiga aviazarba berildi. Oqibatda 800 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Ushbu fojiadan so‘ng Eron hukumati G‘azo shifoxonasiga hujum qurbonlari xotirasiga 18 oktyabrni milliy motam kuni deb e’lon qildi.

Avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an xalqaro hamjamiyatni G‘azodagi shifoxonaga raketa hujumidan so‘ng “misli ko‘rilmagan shafqatsizlik”ni to‘xtatishga chaqirgandi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasiga uyushtirilgan havo hujumini qoralab chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya motam G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing