Turkiyada to‘y an’anasi katta fojiaga sabab bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning Denizli viloyatida to‘y marosimi vaqtida miltiqdan bayramona o‘q uzish oqibatida 11 kishi jabrlandi. Bu haqda “Milliyet” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 21 iyun kuni Chivril tumanining Kiralan mahallasida sodir bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, kelin uydan chiqayotgan vaqtda 15 yoshli o‘smir havoga an’anaviy o‘q uzish uchun qo‘liga miltiq olgan, biroq sochma o‘qlar yerdan qaytgan va to‘yning 11 nafar ishtirokchisini jarohatlagan.

Barcha jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilgan, keyinchalik ulardan ikki nafari qo‘shimcha tekshiruv va davolanish uchun Denizlidagi tibbiyot muassasalariga yuborilgan. Ularning hayotiga hech qanday xavf yo‘qligi ma’lum qilingan.

Hodisadan so‘ng, o‘smir ko‘rsatma berish uchun politsiya mahkamasiga olib borilgan va tergov harakatlari boshlangan. Voqea fakti bo‘yicha ma’muriy tekshiruv ham o‘tkazilmoqda.

To‘ylar, yigitlarni armiyaga kuzatish marosimlari va boshqa tantanalarda havoga o‘q uzish Turkiyaning bir qator hududlarida keng tarqalgan an’ana bo‘lib qolmoqda. Har yili bu kabi hodisalar o‘nlab odamlarning jarohatlanishi va halok bo‘lishiga olib keladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mali armiyasi “Al-Qoida”ga aloqador JNIM terroristik guruhiga qarshi dron hujumlari uyushtirgandi. Dronlar San mintaqasidagi qabilalardan birining to‘y ziyofati o‘tayotgan joyga borib tushgan va oqibatda 10 nafar tinch aholi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing