Turkiyada tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi

Jamiyat

image

Turkiyada erkiga xilof ravishda tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Bosh konsulxonaga Tashqi ishlar vazirligi orqali Qarshi shahridan 21 yoshli fuqaro o‘z onasining Istanbulga 4 yil oldin ketgani, 3 yildan beri aloqaga chiqmayotganini aytib, onasini topish va O‘zbekistonga qaytarishda yordam so‘ragan murojaati kelib tushgan.

“Olib borilgan tekshirishlar natijasida, 1982 yil Qarshi shahrida tug‘ilgan X.D. Turkiyaning Ushoq shahrida ekanligi, 2020 yildan buyon Turkiya fuqarosi M.G. tomonidan erkiga xilof ravishda tutqunlikda ushlab turilganligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Joriy yilning 27 avgust kuni Bosh konsulxona, Tashqi mehnat migratsiyasining Istanbul shahridagi vakili, “O‘zbek ayollari huquqlarini himoya qilish” jamiyati va Turkiya Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tezkor tadbir tashkil etilgan. Natijada, ayolning hayotiga va sog‘ligiga ziyon yetkazilmagan holda qutqarilib, Ushoq shahar ichki ishlar boshqarmasiga yetkazilgan. 

Turkiya qonunchiligiga binoan shaxsni erkiga xilof ravishda tutqunlikda saqlaganligi uchun M.G.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda vatandoshimiz X.D.ni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlar davom ettirilmoqda. Hurmatli vatandoshlar, yolg‘on va puch va’dalarga ishonib erkingizni va hayotingizni xavf ostiga qo‘ymaslikni, shu kabi vaziyatga tushgan taqdirda Anqaradagi O‘zbekiston elchixonasi yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga murojaat etishingizni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2024 yil fevral oyidan buyon Saudiya Arabistonining Makka shahrida qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ortga qaytarilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing