Turkiyada to‘p tepadigan isroillik futbolchiga nisbatan tergov boshlandi

Sport

image

“Istanbul Bashakshexir” futbol klubi jamoasining isroillik yarim himoyachisi Eden Karsevga Isroil-Falastin mojarosi boshlanganiga 100 kun to‘lishi munosabati bilan o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida postlar e’lon qilgani uchun tergov boshlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi o‘z Instagram'iga Avstraliya sionistik federatsiyasining postini joylagan. Postda sariq lentalar tasviri va “Ularni hozir uyga olib keling” xeshtegini ko‘rish mumkin.

“Klubimiz ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy akkauntiga mamlakatimiz milliy qadriyatlariga zid bo‘lgan postlarni joylab, klub intizomiy qoidalarini buzgan Eden Karsevga nisbatan intizomiy ish ochdi”, deyiladi manba xabarida.

Ma’lumot uchun, Karsev 23 yoshda va 2023 yildan buyon Istanbul jamoasida o‘ynamoqda. Futbolchi Isroil terma jamoasi safida 5 ta o‘yin o‘tkazgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Antaliyaspor” futbol klubining isroillik yarim himoyachisi Sagiv Yexezkelning ommaviy adovat va nafrat uyg‘otishda ayblanib, hibsga olingani xabar qilingandi.

28 yoshli futbolchi Isroil tomonidan G‘azo sektorida amalga oshirilgan qirg‘inni qo‘llab-quvvatlashdagi mas’uliyatsiz harakatlari tufayli qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil Istanbul Bashakshexir Eden Kartsev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing