Turkiyada tilanchi bir necha kunda 4,5 ming dollar sadaqa yig‘di (video)
Olam
−
06 mart 2025 16458 1 daqiqa
Turkiyaning Yalova shahrida tilanchining yonidan 164 ming lira (4,5 ming dollar) naqd pul topildi. U bu pullarni Ramazon oyining bir necha kunida to‘plashga ulgurgan. Bu haqda “Milliyet” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yalova shahri ma’muriyatining nazorat bo‘limi xodimlari shahar markazida tilanchilik qilayotgan shaxsni kuzatuvga olgan. Gumonlanuvchini to‘xtatgan xodimlar uning yonida katta miqdorda naqd pul borligini payqagan. Tekshiruv natijasida shaxsning sumkasidan 164 ming lira topilgan.
Tilanchining yonidan chiqqan pullarni sanash uchun jami 6 nafar nazorat xodimi jalb qilingan. Rasmiylar ushbu shaxs uzoq vaqt davomida tilanchilik bilan shug‘ullanganini va odamlarning saxovatidan foydalanib kelganini ta’kidlagan.
Nashrning yozishicha, so‘nggi kunlarda Turkiyada tilanchilarning daromadlari haqidagi xabarlar muhokamalar markazida bo‘lib kelmoqda. Yaqinda bir shaxs televideniyeda oyiga 200-300 ming lira ishlab topishini tan olgan. Endi esa Yalovada shahar ma’muriyati tomonidan qo‘lga olingan tilanchining yonidan 164 ming lira chiqib, bu yangilik katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Mahalliy rasmiylar turkiyaliklarni tilanchilarga yordam berish o‘rniga haqiqiy muhtojlarga yordam ko‘rsatadigan tashkilotlarga murojaat qilishga chaqirgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025