Turkiyada suv toshqini yuz berdi (video)

Olam

image

Kecha, 22 iyul kuni Turkiya shimoli-sharqida Riza va Artvin provinsiyalarida toshqin boshlandi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

“Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Artvin viloyatining Arxavi tumanida suv toshqinlari sodir bo‘ldi. Arxavi daryosi toshib, tuman markazi va qishloq yo‘llari suv ostida qoldi. Riza viloyatining Findikli tumanida ham shunday holat yuzaga keldi”, deyiladi xabarda.

Talafot ko‘rgan tumanlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu voqea joyiga yetib borgan. Vazirga ko‘ra, ayni vaqtgacha qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q, ikki kishi jabrlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 iyul kuni Germaniyada toshqinlar boshlangandi. Tabiiy ofat natijasida hozirgacha 175 kishi halok bo‘ldi. Toshqinlar Yevropaning boshqa davlatlariga ham tarqaldi. 

Shuningdek, Xitoyning Xenan provinsiyasida ham kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqitabatida suv toshqinlari yuz berdi. Viloyatdagi bir nechta shaharlarda yo‘llarni suv bosdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya suv toshqini

Baholaganlar

207

Reyting

4.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing