Turkiyada sud 300 dan ortiq jinoyatchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
Olam
−
28 noyabr 2020
7021Joriy yilning 26 noyabr kuni O‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha Anqara sudi Turkiyada 2016 yilning 15 iyulida o‘tkazilgan va muvaffaqiyatsiz yakunlangan davlat to‘ntarishida ishtirok etgan 300 dan ortiq ayblanuvchiga hukm chiqardi.
Sud qonli voqealar sodir bo‘lgan tunda Anqara yaqinidagi “Akinji” aviabazasida harakatlangan Fathulloh Gulen terrorchilik tashkiloti (FETÖ) tarafdorlarining jinoyati bo‘yicha hukm e’lon qildi.
Sud jami 337 kishiga hukm chiqardi. Ularning orasida Turkiya Qurolli kuchlarining ofitser va uchuvchlari ham bor. Aybdorlarga 3 dan 79 tagacha umrbod qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Qurolli kuchlarining bir guruh harbiylari 2016 yil 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi mamlakatdagi hokimiyatni kuch bilan egallab olishga harakat qilgandi.
Isyonchilar guruhi avval Turkiya xalqining qarshiligi va huquq-tartibot idoralarining xodimlari sa’ay-harakati bilan bostirilgandi. Davlat to‘ntarishiga urinish natijasida 251 kishi vafot etgan.
LiveBarchasi