Turkiyada sifatsiz qurilishga aloqador shaxslarni hibsga olish uchun 100 dan ortiq order berildi

Olam

image

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘qtay mamlakatda zilzila tufayli qulagan qurilish qoidalarini buzish holatlari tekshirilayotganini aytdi. Unga ko‘ra, bu ishda 131 kishi gumon qilinmoqda. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

O‘qtayning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchilardan biri qo‘lga olingan. Yana 113 kishini hibsga olish uchun order berilgan.

Turkiyadagi zilzilalardan so‘ng muxolifat mamlakatning amaldagi hukumatini binolar qurish qoidalarini ommaviy ravishda buzayotgani munosabati bilan tanqid qilgan.

Turk mutaxassislari 1999 yildagi zilziladan keyin joriy qilingan qurilish protokollariga amal qilinmaganini qayd etgan.

Muxolifatdagi “Gazete Duvar” gazetasiga ko‘ra, normalar davlatga qarashli qurilish kompaniyalari foyda keltirgan noqonuniy qurilishlar uchun bahsli amnistiya bilan buzilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.

Shundan so‘ng, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan dastlab 100 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi, joriy yilning 9 fevral kuni 71 kishilik ikkinchi guruh Turkiyaga yuborildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston joriy yining 6 fevral kuni kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing