Turkiyada shifokor g‘azolik hamkasbi uchun noodatiy namoyish o‘tkazdi (video)
Olam
−
18 aprel 10721 1 daqiqa
Joriy yilning 12 aprel kuni Turkiyaning Rize shahri Respublika maydonida Artvin Choruh universiteti o‘qituvchisi doktor Kamol Sog‘lom Isroil qamoqxonasida saqlanayotgan falastinlik shifokor Hossam Abu Safiya uchun birdamlik namoyishini o‘tkazdi. Bu haqda “Anka” xabar berdi.
Qayd etilishicha, u norozilik namoyishida qo‘llari bog‘langan, bo‘ynidan dorga osilgan va oyoqlari ostiga cho‘g‘ tashlangan holatda turgan. Shifokor bu harakati bilan G‘azoda xizmat qilgan, 2024 yil oxiridan beri Isroil qamoqxonasida saqlanayotgan falastinlik shifokor Hossam Abu Safiyaga o‘z birdamligini bildirishga uringan.
“Yagona aybim g‘azolik bo‘lish. Men faqat bemorlarimni davoladim. Men hech narsa qilmadim. Yagona aybim g‘azolik bo‘lish. G‘azolik bo‘lish jinoyatmi? Men bolalar shifokoriman, bemorlarimni davoladim. Hech qanday yomon ish qilmadim. Meni qutqaring, meni qutqaring,” degan u.
Namoyish davomida Sog‘lom bilan birga talabalar ham ishtirok etib, o‘z noroziligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Hossam Abu Safiya – G‘azodagi Kamol Advan shifoxonasining bolalar shifokori. U urush davrida shifoxonani tark etmay bemorlarga xizmat ko‘rsatgan. 2024 yil oxirida Isroil harbiylari tomonidan hibsga olingan va hozirgacha qamoqda saqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil falastinlik mahbuslarni qatl qilishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qilgandi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust