Turkiyada saylovdan Erdo‘g‘anning nomzodini yo‘qotish talab qilinmoqda
Olam
−
28 mart 2023
13299Turkiyadagi uch muxolifat partiyasi vakillari Oliy saylov komissiyasiga Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anni bo‘lajak prezidentlik saylovlarida nomzodlar ro‘yxatidan chiqarib tashlash talabi bilan ariza topshirdi. Bu haqda seshanba kuni “Habertürk” telekanali xabar berdi.
“Yaxshilik” partiyasi, “Da’vo” partiyasi va “Vatan” partiyasi Erdo‘g‘an yana prezidentlikka nomzod bo‘lish huquqiga ega emasligini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, bu Konstitutsiyaga ziddir.
Turkiyadagi muxolifat vakillari Erdo‘g‘anning prezidentlikka yana bir nomzod sifatida ko‘rsatilishi mamlakat Bosh qomusiga zid ekanini ta’kidlamoqda, chunki uning amalda ketma-ket ikkinchi muddatini o‘tamoqda. Biroq Turkiya rasmiylari buni 2017 yilda o‘tkazilgan konstitutsiyaviy referendumdan so‘ng Erdo‘g‘anning prezidentlik muddati nolga qaytarilgani bilan izohlamoqda. Turkiya prezidenti muxolifat bo‘lajak saylovlarda mag‘lub bo‘lishdan qo‘rqadi, degan fikrni bildirdi, shuning uchun Erdo‘g‘anga qarshilar bu mavzuni endigina ko‘tara boshladi.
Turkiya Adliya vazirligi rahbari Bakir Bo‘zdog‘ ham Erdo‘g‘anning bo‘lajak prezidentlik saylovlarida nomzodini qo‘yishi uchun hech qanday huquqiy to‘siq yo‘qligini ta’kidladi. U buni Turkiyaning 2018 yilda prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tganidan keyin Erdo‘g‘anning amaldagi muddati birinchi bo‘lgani bilan izohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada prezident va parlament saylovlari o‘tkazilishi joriy yilning 14 may sanasiga belgilangan. Unda asosiy nomzod sifatida mamlakatning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ishtirok etmoqda. Shuningdek, muxolif partiyalar birlashuvidagi “Millat ittifoqi” koalitsiyasi "Jumhuriyat Xalq" partiyasidan Kamol Qilichdoro‘g‘lini nomzod qilib ko‘rsatgan.
LiveBarchasi