Turkiyada samolyot halokatga uchradi

Olam

image

Turkiya janubi-sharqidagi Van provinsiyasidagi tog‘li hududda razvedkachi samolyot halokatga uchradi. Natijada yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

“Bizga yetti kishini yo‘qotganimizni, ularning ikki nafari uchuvchi ekanini ma’lum qilishdi”, degan Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu.

Vazir samolyot Artos tog‘ida 2200 metr balandlikda halokatga uchraganini qo‘shimcha qilgan. Samolyot Van aeroportidan uchgan.

Ta’kidlanishicha, 13 iyul, dushanba kuni 2015 yilda ishlab chiqarilgan samolyot Van va Hakkari provinsiyalarini nazorat qilish yo‘llangan. Samolyot Baskala tumanida halokatga uchragan. Vazirning o‘zi halokat yuz bergan tumanga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya samolyot halokati

Baholaganlar

424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing