Turkiyada o‘zbekistonlik ayol otib o‘ldirildi

Olam

image

Joriy yilning 5 iyul kuni Turkiyaning Aydin viloyatida joylashgan restoranda ofitsiant sifatida faoliyat yuritib kelgan, 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi otishma oqibatida bosh qismidan og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 5 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan bo‘lib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, vafot etgan ayolning jasadini O‘zbekistonga yuborish, shuningdek uning yaqinlariga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bosh konsulxona hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Alacham tumanida erkak dastlab turmush o‘rtog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirgandi. 40 yoshli Jengiz Altinel ismli erkak yaqinda ajrashishi kerak bo‘lgan 32 yoshli xotini Pinar Altinel bilan ko‘rishib, u bilan gaplashib olmoqchi bo‘lgan. Gaplashib olish uchun yoqilg‘i quyish shoxobchasining restoran qismiga borgan. Er-xotin o‘rtasidagi janjal tezda qurolli hujumga aylangan. Jengiz Altinel o‘zi bilan olib borgan qurol bilan rafiqasini otib o‘ldirgan, keyin esa o‘sha qurol bilan o‘z joniga qasd qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

otishma o'zbekistonlik ayol Aydin ofitsiant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing