Turkiyada namoyishchilar tarixiy qabrlarni buzib tashladi (video)

Olam

image

Turkiyaning Sarachxona tumanidagi namoyishlar chog‘ida ishtirokchilar Shahzodaboshi masjidi va qabristonini vayron qildi. Bu haqda GDH xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, namoyishchilar qabristondagi tarixiy qabrlarni buzib tashlashgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, masjid bog‘ida bir guruh olomon spirtli ichimlik ichib, masjid devorlarini bulg‘ashgan.

Namoyishlar chog‘ida 500 yil muqaddam Sulaymon Sulton tomonidan qurilgan tarixiy Shahzodaboshi masjidining devorlariga purkagichli bo‘yoq bilan shiorlar yozilgan.

Namoyishchilarning ushbu harakatlari ko‘plab Turkiya rasmiylari tomonidan qoralandi va bu axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmasligi aytildi. Masalan, davlat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an namoyishchilar va muxolifatning demokratiyadan tushunchasi yo‘qligini aytgan. Shu bilan birga, u namoyishchilar o‘z chegarasidan chiqmasligini ham eslatgan.

“Ozodlik deganda ko‘chalarni, tarixiy masjidlarimizning hovlilarini, ajdodlarimizning qabr toshlarini yoqib yuborishni, ziyoratgohlarimizda spirtli ichimliklar ichishni nazarda tutayotgan bo‘lsalar, biz hech qanday sharoitda u yerda bo‘lmaymiz va bo‘la olmaymiz. Buni huquq va erkinliklar doirasida ko‘rib chiqa olmaymiz, shu paytgacha hech kimning bizga demokratiyadan saboq berishiga, inson huquqlari va erkinliklari kabi tushunchalar orqali xalq irodasini pistirma qilishga ruxsat berganimiz yo‘q, bundan keyin ham buni qilmaymiz”, deya ogohlantirgan Erdo‘g‘an.

Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olinishi

19 mart kuni tongda Istanbul hokimi va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi Ekrem Imomo‘g‘li hamda uning 106 tarafdori hibsga olingandi. Imomo‘g‘li va 99 gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy tashkilot yetakchisi bo‘lish, jinoiy tashkilotga a’zolik, tovlamachilik, poraxo‘rlik, malakali firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish va tender savdolarini soxtalashtirishda, Imomo‘g‘li va yana 6 kishi esa qurolli terror tashkilotiga yordam berish bilan gumonlangandi.

23 mart kuni sud Ekrem Imomo‘g‘lini korrupsiya tergovi doirasida hibsga olishga qaror qildi. Bosh prokuratura Imomo‘g‘li “qurolli terror tashkilotiga yordam berganligi bo‘yicha kuchli gumon” borligini, ammo uni moliyaviy jinoyatlar uchun hibsga olish qarori allaqachon chiqarilgani sababli, uning yana hibsga olinishi “hozirgi bosqichda zarur emas”ligini bildirdi.

O‘sha kuni Ekrem Imomo‘g‘li prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatilishi uchun 14,85 milliondan ortiq kishi ovoz berdi. 

Mazkur voqealar fonida Turkiyaning yirik shaharlarida namoyishlar avj oldi. Namoyishlarda 1 mingdan ortiq odam hisga olindi. Ular orasida Prezident Erdo‘g‘an va uning marhum onasini haqorat qilganlar ham bor. Erdo‘g‘anning o‘zi namoyishlarda qatnashganlarni bunday harakatlarining oqibatlaridan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Ekrem Imomo'g'li Shahzodaboshi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing