Turkiyada “Mossad” josuslik tarmog‘i fosh etildi

Olam

image

Turkiya Milliy razvedka tashkiloti va Istanbul politsiya departamentining Terrorga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida o‘tkazgan operatsiya davomida Isroil razvedka xizmati “Mossad”ga ma’lumot uzatganlikda gumonlangan 7 kishi qo‘lga olingan. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Turkiya xavfsizlik kuchlaridagi manbalarga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida xususiy detektiv va sobiq davlat xizmatchisi Hamza Turhan Ayberk ham bor. U vaqti-vaqti bilan mahalliy telekanallarning ertalabki ko‘rsatuvlarida qatnashib turgan.

Qayd etilishicha, Isroil razvedkasi "Viktoriya" deb o‘ziga vaqtincha nom qo‘yib olgan  agenti orqali Ayberk bilan aloqa o‘rnatgan. Turkiya razvedka xizmatlariga ko‘ra, Ayberk pul mukofoti evaziga unga xabarlar uzatib turgan. U Yaqin Sharqdan kelgan shaxslar va kompaniyalarning Turkiyadagi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot to‘plash maqsadida hukumat vakillaridan iborat guruh tuzgan.

Manbaga ko‘ra, josus 2019 yilda Belgradda “Mossad”dan qilinadigan ishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar olgan. Avvaliga Isroil razvedkasi unga oddiy vazifalarni ishonib topshirgani aytilmoqda.

“Mossad” koordinatsiyasi ostida Ayberk shifrlangan aloqa ilovalaridan foydalangan. U xizmatlari uchun kriptovalyutada haq olgan. Bundan olingan mablag‘ning rasmiy hujjatlarda aks ettirmaslik maqsad qilingan.  

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Isroilni respublika hududidagi josuslik faoliyatining og‘ir oqibatlari haqida ogohlantirgandi. Eronda esa “Mossad”ga ishlagan bir necha kishi qatl etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Mossad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing