Turkiyada “Mossad” agentlarining moliyachisi hibsga olindi
Olam
−
03 Sentabr
5720Turkiya sudi Kosovoda tug‘ilgan Liridon Reksepini Isroil razvedka agentligi “Mossad”ni moliyalashda ayblab, hibsga oldi. Bu haqda TRT Haber telekanali xabar berdi.
Telekanalga ko‘ra, Turkiya kontrrazvedkasi Reksepi Istanbulga kelgan 25 avgustdan beri unga nisbatan josuslik bilan shug‘ullangan. 30 avgust kuni terrorizmga qarshi kurash bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Ishni tergov qilish jarayonida Reksepi razvedka ma’lumotlari, jumladan, Suriya haqida to‘plagan va “falastinlik siyosatchilarga qarshi psixologik operatsiyalar” o‘tkazgan “Mossad” agentlariga pul yuborgani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u pul o‘tkazmalari uchun Western Union to‘lov tizimidan foydalangan.
So‘roq paytida Reksepi Isroil agentlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda aybini tan olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pavel Durovning ma’shuqasi “Mossad” agenti bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi