Turkiyada mehmonxona yonishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Olam

image

Turkiyaning Antaliya viloyati Muratposha tumanidagi Qal’aichi Barbaros mahallasi joylashgan 3 qavatli butik mehmonxonada yong‘in chiqdi. Oqibatda 2 nafar sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda. 

Yong‘in 22 iyul kuni tungi soat 3:30 atrofida chiqqan. 

Qayd etilishicha, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, politsiya va tibbiyot guruhlari yetib kelgan.

Zudlik bilan mehmonxonada tunayotganlar binodan evakuatsiya qilingan. Ikki nafar sayyoh o‘lik holda topilgan, 12 kishi jarohatlangan. 

Yong‘inda halok bo‘lganlar Livan fuqarolari 53 yoshli Vivianne Saad va 52 yashar Dori Mhanna ekani aniqlangan. Ular o‘lik holda hammomdan topilgan. Jasadlar ekspertiza uchun Antaliya sud-tibbiyot instituti o‘likxonasiga olib ketilgan. 

Marhumlarning qo‘shni xonada qolayotgan farzandlari 18 yoshli Shana Mhanna va 23 yashar Shirlay Mhanna yong‘indan sog‘-salomat qutulib qolgani ma’lum bo‘ldi.

Yaradorlar tibbiy guruhlar tomonidan yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. 

Antalya'da butik otelde çıkan yangında 2 turist öldü, 10 kişi yaralandı -  Ilkhaber-gazetesi.com

Yong‘in o‘chirish guruhlari 1,5 soat deganda alangani nazoratiga olib, o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda yong‘in chiqishi sabablarini o‘rganish davom etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Turkiya Antaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made