Turkiyada matrasini yoqmoqchi bo‘lgan erkak o‘rmonga o‘t qo‘ydi

Olam

image

Joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyadagi Sakarya viloyatining Akyazi tumanida erkak eskirgan matrasini yoqmoqchi bo‘lib, o‘rmonni yoqib yubordi. Bu haqda Mamlakat Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya o‘zining X'dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Yerliqoya 22–27 iyul kunlari orasida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari bo‘yicha jami 7 gumonlanuvchi hibsga olingani, ulardan 3 nafari qamoqdaligi, 4 nafari esa sud nazorati ostida ozod etilganini ma’lum qilgan. 

“Akyazi tumanining Bo‘ztepa mahallasida 22 iyul kuni boshlangan yong‘inga A.B. ismli shaxs sabab bo‘lgan. U eski matrasini yoqmoqchi bo‘lganida olov o‘rmonga tarqalgan. A.B. qamoqqa olingan”, degan Yerliqoya. 

Mamlakatning boshqa hududlarida ham kuchli yong‘inlar sodir bo‘lgan. Atrof-muhit va shaharsozlik vaziri Murat Kurumga ko‘ra, bir haftaning o‘zida Antalya, Biledjik, Bursa, Karabyuk, Sakarya, Ushak viloyatlarida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida 104 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari, jumladan, 68 ta xonadon jiddiy zarar ko‘rgan yoki vayron bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning kurort hududi bo‘lgan Egey dengizi sohilidagi Cheshme tumanida kuchli o‘rmon yong‘ini yuz berib, olov turarjoy binolariga yaqinlashgani haqida xabar berilgandi. Yong‘inni o‘chirishga 5 ta samolyot, 18 ta vertolyot, 36 ta yong‘in o‘chirish mashinasi jalb etilgan. Yong‘in tufayli Ildir, Germiyan va Noxutalan qishloqlarining aholisi evakuatsiya qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya o'rmon matras

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing