Andijonda barcha tuman va shahar hokimlari “ish tashladi”

Jamiyat

image

Andijonda noodatiy tajriba boshlandi. Endi Andijonni vaqtincha yoshlar boshqaradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan so‘ng, Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda “Andijonda yoshlar 10 kunligi” loyihasining birinchi bosqichi o‘tkazilishi belgilangan. Viloyat hokimining mavjud 7 o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari vazifasiga o‘n kun muddatga yoshlar vakillari tayinlangan. Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining har biriga lider yoshlardan vakillar biriktirilgan.

Andijon viloyat hokimligi Matbuot xizmatiga ko‘ra,  yangi viloyat hokimining o‘rinbosarlari, tuman-shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari boshlang‘ich ish-rejalar, xizmat mashinalari bilan ta’minlangan. O‘n kunlik yakuni bo‘yicha har bir viloyat hokimining o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari, ularning o‘rinbosarligiga tayinlangan, deputatlarga biriktirilgan yoshlar faollar ishtirokida faoliyat yuzasidan viloyat hokimiga hisobot taqdim etadi. 

Keyingi bosqichda MFY raislari, viloyat korxona, tashkilot, boshqarmalari boshliqlari, huquq tartibot organlari rahbarlari, xattoki viloyat hokimi vazifasini bajarish  uchun vaqtinchalik yoshlar tayinlanishi rejalashtirilgan. Loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish bugundan boshlangan. Yangi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari faollarga tanishtirilib, yig‘ilishdan so‘ng o‘z xizmat mashinalarida tuman va shaharlarga jo‘nab ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

3448

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing