Turkiyada koronavirus cheklovlarini bekor qilish boshlanadi — Erdo‘g‘an

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyada 17 maydan keyin koronavirus cheklovlarini bosqichma-bosqich bekor qilish boshlanadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qilgan.  

Erdo‘g‘an mamlakatda COVID-19 bilan bog‘liq og‘ir vaziyat tufayli 29 aprel kuni soat 19:00 dan 17 may soat 05:00 gacha to‘liq lokdaun e’lon qilgandi. 

Xususan, barcha tashkilot va muassasalar o‘z faoliyatini to‘xtatgandi, uzoq masofalarga sayohat qilish vakolatli organlardan ruxsat olgandan keyingina mumkin bo‘lgandi. 

Ushbu cheklovlar o‘z foydasini ko‘rsatmay qolmagan. 16 aprelda Turkiyada 63 ming 82 ta kasallik holati qayd etilgan, shundan so‘ng kasallik soni asta-sekin kamayishni boshlagan va 10 may kuni ikki oy ichida eng kam ko‘rsatkichga erishilgan — 13 604. 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat o‘tgan yilning oxiriga kelib pandemiyadan xalos bo‘lishni rejalashtirgan, ammo koronavirusning yangi to‘lqini tufayli yana cheklov choralarini ko‘rishga majbur bo‘lgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 5,06 mln kishida koronavirus aniqlangan. 43 589 nafar bemor kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing