Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashmoqda
Olam
−
04 fevral 2021
6873Turkiyada koronavirusning ikkita yangi shtammi aniqlandi. Bu haqda Respublika Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja Twitter sahifasida ma’lum qilgan.
"Mamlakatimizda "britancha" shtammdan tashqari, yana ikkita holatda Janubiy Afrika shtammi va bitta holatda "braziliyacha" shtamm aniqlandi", degan u.
Vazirning ta’kidlashicha, bemorlar va ular bilan aloqada bo‘lgan odamlar shifoxonalarda izolyatsiyaga olingan.
Avvalroq, Turkiyaning 17 ta shahrida "britancha" koronavirus aniqlangani aytilgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus 2 million 259 mingdan ortiq odamda tasdiqlangan, 26,3 ming bemor vafot etgan.
LiveBarchasi