Turkiyada komendantlik soati bekor qilinadi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 1 iyulidan mamlakatda koronavirus sabab joriy qilingan cheklovlar ma’lum darajada yumshatilishini e’lon qildi. Bu haqda “Haber7” nashri ma’lum qildi.

“1 iyuldan komendantlik soatini butunlay bekor qilamiz”, degan Erdo‘g‘an.

Bundan tashqari, shaharlararo sayohat qilish va jamoat transportida harakatlaishga o‘rnatilgan cheklovlar ham bekor qilinadi. Uning ta’kidlashicha, emlash mamlakat uchun asosiy maqsad bo‘lib qolmoqda. Shunday qilib, Erdo‘g‘an bir necha hafta ichida 18 yoshdan katta odamlarni emlashni yakunlash niyatida ekanligini e’lon qildi.

Joriy yilning aprel oyida Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord qayd etildi - 60 mingdan ortiq bemor aniqlandi. Keyin Turkiya hukumati komendantlik soatining davomiyligini ish kunlari soat 19:00 dan ertalab 5:00 gacha oshirdi. Restoran va kafelarga faqat yetkazib berish va olib ketish uchun ishlashga ruxsat berildi, shaharlararo transport taqiqlandi. Biroq, may oyida cheklovlar biroz yumshatildi.

18 iyun kuni Rossiyada yangi koronavirus infeksiyasini olib kirish va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor shtab Turkiya kurortlariga parvozlar - muntazam va charter reyslari tiklanganligini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya komendantlik soati

Baholaganlar

40

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing