Turkiyada komendantlik soati chet ellik sayyohlarga taalluqli bo‘lmaydi

Olam

image

Joriy yilning 31 dekabridan 4 yanvargacha Turkiya hukumati tomonidan o‘rnatilgan komendantlik soati chet ellik sayyohlarga taalluqli bo‘lmaydi. Bu haqda Turkiyaning Madaniyat va turizm vazirligi vakili TASSga xabar bergan

“Haqiqatan ham, hech bo‘lmaganda buni nazarda tutadigan qo‘shimcha cheklovlar joriy etilgunga qadar komendantlik soati sayyohlarga nisbatan tatbiq etilmaydi”, deydi manba shu bilan bog‘liq savolga javoban. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirus pandemiyasi sababli Yangi yil bayrami kunlarida, ya’ni, 31 dekabrdan 4 yanvargacha komendantlik soati joriy etiladi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga kelib Turkiyada 1 million 898 447 kishi koronavirusga chalingan. Shulardan 16 881 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing